Samarqand viloyati Kengashining 49-sessiyasi 10 dekabr kuni o‘tkaziladi

Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov 2021 yil 2 dekabrda qabul qilgan "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq qirq to‘qqizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi qarorida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, viloyat Kengashining qirq to‘qqizinchi sessiyasi 2021 yil 10 dekabr kuni soat 9:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari J.Haydarovning viloyatda maxsus iqtisodiy zonalarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining ijrosi, maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini takomillashtirish, investorlar duch kelayotgan muammolar va ularni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisoboti;
- Toyloq tumani hokimi B.Bobonazarovning Toyloq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlariga ko‘ra, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturining ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti;
- Davlat xizmatlari agentligi M.Qurbonovning viloyatda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining tashkiliy-huquqiy ta’minoti, moddiy-texnika bazasini mustahkamalash, jumladan fuqarolarga malakali xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganlik holati bo‘yicha axboroti;
- O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i X.To‘xtayevning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6260-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 250-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan axboroti;
- boshqa masalalar.