Samarqand viloyati prokurori F.Zufarov: To‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritgan xorijlik investorlarga zarur ko‘mak berildi

2018 yilda viloyatga 102 dan ortiq yirik xorijiy kompaniya rahbarlarining tashrifi tashkil etilib, 384 nafar investor bilan 58,3 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish borasida kelishuvlarga erishildi.

Ko‘rilgan  choralar natijasida 3 nafar xorijlik investorga 806 million so‘m kredit, 4 nafariga 7 gektar yer maydoni, 2 nafariga samarali faoliyat yuritish uchun binolar ajratildi.

Shuningdek, 6 nafar investorning muhandislik tarmoqlariga ulanishida, 4 nafariga boshqa masalalarda amaliy yordam ko‘rsatildi.