Samarqand viloyatida giyohvandlik moddalarini sotayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2020 yil 29 noyabr kuni soat 23:00 larda Samarqand viloyati IIB JQB, DXX ChQ harbiy qism tezkor bo‘linmasi, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari tomonidan Urgut tumani “Mirzobog‘lon-Chep” mahallasi hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan “J” ismli shaxsga Urgut tumani “Mirzobog‘lon-Chep” mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan K.A. hamda ushbu mahallada yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan O.A. jami og‘irligi 5 gramm bo‘lgan “geroin” giyohvandlik moddasini, har grammini 1.200.000 so‘mdan hisoblab, 6.000.000 so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi. Oq rangli sellofan bulagiga qadoqlangan, o‘tkir hidli, och sarg‘ish rangli, kristallsimon holdagi “geroin” giyohvandlik moddasi va tezkor tadbirda ishlatish uchun berilgan pullar aniqlanib, daliliy ashyolar xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi. Olingan daliliy ashyoning sof og‘irligi 4,27 gramm ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan K.A. va O.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
30 noyabr kuni taxminan soat 18:30 larda Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-son IIB JQB va viloyat IIB PPX va JTSB PPXB 2-otryad xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahar hududida o‘tkazilgan “Nazorat tartibida giyohvandlik vositasini sotib olish” tezkor tadbirida Samarqand shahar Chorraha ko‘chasi 10-umumtalim maktabi darvozasi oldida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahar Go‘ro‘g‘li ko‘chasida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro J.I. noqonuniy ravishda tadbirda xaridor sifatida ishtirok etgan “Isomiddin” ismli shaxsga 5 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutisiga solingan yashil rangli marixuanna moddasiga o‘xshash vositasini 1.500.000 so‘m evaziga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi. Ashyolar alohida paketga solinib tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Samarqand viloyati IIB EKBning ma’lumotnomasiga ko‘ra, olingan modda tarkibida faol giyohvandlik modda – tetragidrokkannabinol mavjud bo‘lib, bu o‘simlik modda “marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi va uning sof og‘irligi 10,23 gramga teng ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan J.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bu haqda IIV JQBB giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.