Samarqand viloyatida tuman XTB mudiri o‘rinbosari pora bilan ushlandi
- 18.11.2021 20:31
- 2934
- Qonun va hujjatlar
16 noyabr kuni Davlat xavfsizligi xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi prokuratura hamda departament xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.
Tadbir davomida viloyatdagi tumanlarning birida XTB mudiri o‘rinbosari lavozimida ishlovchi fuqaro R.T. mahalliy fuqarodan tuman maktablarining biriga o‘qituvchi vazifasiga ishga kiritishni va’da qilib, undan 300 AQSh dollari miqdordagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat bo‘yicha fuqaro R.T.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
pora