Samarqand viloyatidagi 17 ta madaniyat markazi 1 apreldan hujjat ishida kamchiligi borligi sababli faoliyatini tugatadi
Vazirlar Mahkamasining “Madaniyat markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2018 yil 28 noyabrdagi qarorida madaniyat markazlari faoliyatini, jumladan, madaniyat markazlarini yangi qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlarini tashkil etish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi hamda 2019-2022 yillarda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, mukammal ta’mirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli ro‘yxati parametrlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan ishchi guruhni shakllantiradi va qat’iy nazoratni ta’minlaydi.
Qarorda belgilanishicha:
manzilli ro‘yxatga kiritilgan tuman (shahar) madaniyat markazlarini yangidan qurish ishlari madaniyat va aholi dam olish markazlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy loyihalarga asosan amalga oshiriladi;
2023 yilda va undan keyingi yillarda manzilli ro‘yxatga kiritilmagan tuman (shahar) madaniyat markazlarida qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari bo‘yicha baholash tartibiga asosan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi;
madaniyat markazlarini jihozlash ishlari, ularda tashkil etilgan to‘garaklar, ijodiy jamoalar va tegishli mutaxassislar bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqib, manzilli ro‘yxatda belgilangan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining talabnomasiga asosan pudratchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi har yili 1 iyulga qadar kelgusi yil uchun yangidan qurilishi va rekonstruksiya qilinishi belgilangan madaniyat markazlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, ularning belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Shuningdek, hujjat bilan samarasiz faoliyat yuritayotganligi sababli 2019 yil 1 apreldan e’tiboran faoliyati tugatiladigan madaniyat markazlarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Samarqand viloyatida
