Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga 1 milliard 600 million so‘m to‘lab berildi
2023 yil yanvar-iyun oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida respublika bo‘yicha 68 129 ta murojaat kelib tushgan.
Bular:
- xarid cheki bermaslik;
- to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha.
Murojaatlarning 38 867 tasi takroriy bo‘lganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik sub’yektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.
Murojaatlar asosida 25 623 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilib, 100 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Samarqand viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, viloyatdagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2023 yilning birinchi yarmida 3200 holat bo‘yicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 1 mlrd. 600 mln. so‘m mukofot to‘langan.