Samarqand viloyatidan eng ko‘p eksport qilingan tovarlar ma’lum qilindi
2023 yilda viloyat bojxona boshqarmasida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan eksport – 791,8 million AQSh dollarini tashkil etgan.
Eng ko‘p meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan — 205,5 million AQSh dollari. Bu eksport qilingan jami tovarlarning 25,9 foizini tashkil qiladi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Anvar Muhammadiyev jurnalistlarga ma’lum qildi.
Shuningdek, transport vositalari va ularning ehtiyot qismlari 169,4 million dollarga sotilgan — jami sotilgan tovarlarning 21,4 foizi.
To‘qimachilik mahsulotlari 112,4 million (14,2 foiz) dollarga sotilgan bo‘lsa, metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar 86,3 million dollarga (10,9 foiz) eksport qilingan.
Boshqa tovarlarning ekportdagi ulushi 7,3 foiz bo‘lib, 58,1 million dollarni tashkil etadi.