Samarqand viloyatining o‘tgan yilgi hududiy tashqi savdo aylanmasi 959,5 million dollarni tashkil etdi

Tashqi iqtisodiy faoliyat
1. Samarqand viloyati 2019 yildagi hududiy tashqi savdo aylanmasi 959,5 million dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 247,3 million dollarga yoki 134,7 foizga o‘sgan.
2. 2019 yil hududiy tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport 207,8 million dollarni tashkil etib, jami tashqi savdo aylanmasining 21,7 foizini tashkil etgan. Import esa 751,7 million dollar bo‘lib, jami tashqi savdo aylanmasining 78,3 foizini tashkil etgan. Hududiy importning eksportdan ko‘pligi 543,9 million dollarni tashkil etgan.

Import
3. Samarqand viloyati hududiy importi 751,7 million AQSh dollar. Bu ko‘rsatkich 2018 yilga (583,1 million AQSh dollari) nisbatan 168,6 million AQSh dollariga yoki 28,9 foizga ko‘paygan.
4. 2019 yilda viloyatda importyorlar soni 1461 tani tashkil etib, 2018 yilga nisbatan (913 ta) 60,0 foizga oshgan.

5. Ichki bozor ehtiyojini chuqur o‘rgangan holda import amalga oshirilishi natijasida import qilingan tovarlar (TIF TN tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlari nomenklaturasi) soni 2461 tani tashkil etib, 2018 yilga nisbatan (1976 ta) 24,5 foizga oshgan.

6. Yangi loyihalarni amalga oshirish va mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish tadbirlari ko‘paygani evaziga texnologik asbob-uskunalar importi 2019 yilda 180,6 million dollarni yoki viloyat hududiy importining 24,0 foizini tashkil etib, 2018 yilga nisbatan (176,8 million dollar yoki 30,3 foiz) 3,8 million dollarga ko‘p bo‘lgan.

Import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarning o‘sishi natijasida:
7. Iste’mol tovarlarining importi 80,6 million AQSh dollari bo‘lib, 2018 yilga nisbatan (89,6 million AQSh dollari) 9,0 million dollarga kamaygan va jami tovarlar importidagi ulushi 10,7 foizni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan (15,4%) 4,7 foizga kamaygan.

8. Iste’mol tovarlari orasida oziq-ovqat mahsulotlari importi ulushi 30,8 foizni yoki 24,8 million dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan (51,9 foiz yoki 46,5 million dollar) 21,1 foizga yoki 21,7 million dollarga kamaygan.

9. Elektrotexnika va uning qismlari importi 2019 yilda 17,5 million dollarni yoki viloyat hududiy importining 2,33 foizini tashkil etib, 2018 yilga nisbatan (29,4 million dollar yoki 5,04 foiz) 11,9 million dollarga kamaygan.

10. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari importi 2019 yilda 17,4 million dollarni yoki viloyat hududiy importining 2,32 foizini tashkil etib, 2018 yilga nisbatan (34,0 million dollar yoki 5,82 foiz) 16,6 million dollarga kamaygan.

11. Hayvonlar uchun ozuqalar importi 2019 yilda 21,1 million dollarni yoki viloyat hududiy importining 2,81 foizini tashkil etib, 2018 yilga nisbatan (28,3 million dollar yoki 4,85 foiz) 7,2 million dollarga kamaygan.