Samarqand yalpi hududiy mahsulotida qaysi soha eng yuqori ulushga ega
Joriy yilning 9 oyida kichik tadbirkorlik sub’yektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 75,4 foizni tashkil etdi.
Viloyatning yalpi hududiy mahsulot tarkibida eng yuqori ulush qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi hissasiga (46,4 foiz) to‘g‘ri keldi. Keyingi o‘rinda xizmat ko‘rsatish sohasi 32,7 foizni tashkil qilmoqda.
Tuman va shaharlar bo‘yicha eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Samarqand shahrida - 1538,1 milliard so‘m.
Shuningdek, Samarqand shahri viloyat bo‘yicha eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi - 2261,0 milliard so‘m.
Eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi -1184,9 milliard so‘m.
Eng ko‘p xizmatlar hajmi 2981,7 milliard so‘m bilan viloyatda yetakchilik qilmoqda.
Viloyatda sanoat korxonalari tomonidan 14658,1 tonna yigirilgan ip mahsuloti ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8753,9 tonnaga ko‘paygan.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.