Samarqand yana dunyo nigohida

Samarqand shahridagi Forumlar saroyida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) shafeligida “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov, YUNESKO Bosh direktori Odri Azule xonim ishtirok etmoqda.

Shuningdek anjumanda dunyoning 77 davlati vakillari qatnashmoqda.