Samarqand yoshlar forumi nimasi bilan esda qolarli bo‘lyapti?

Shu kunlarda viloyatimizda “Samarqand yoshlar forumi – 2021” haftaligi doirasida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Samarqand shahridagi "Nurafshon" madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tadbir “Bir maqsadda birlashaylik” shiori ostida o‘tkazildi. 

- Kimyogarlar qo‘rg‘onida turli millat vakillari ahil-inoq yashab kelmoqda, - deydi shahardagi 58-maktab direktori Barno Boyqobilova. – Bugun tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbir ko‘p millatli va turli yoshdagi yigit-qizlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirishga xizmat qilyapti.

Tadbirda taniqli shoir va yozuvchilar, san’atkorlar, harbiylar ishtirok etib, yoshlarga maqsad va muvaffaqiyatga erishish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi to‘g‘risida gapirib berdi.

“Samarqand yoshlar forumi – 2021” haftaligi doirasida Oqdaryo va Nurobod tumanlarida ham madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Urgut tumanining eng chekka hududi - Mirzabog‘lon-Chep mahallasida uloq ko‘pkari musobaqasi o‘tkazildi.

Asliddin Mustafoyev.