Samarqandda 11-sinf o‘quvchilari uchun bepul diagnostika test sinovlari o‘tkazib boriladi

Samarqand viloyatida har oyda bir marta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun bepul diagnostika test sinovlari o‘tkaziladi. Bu haqda viloyat hokimining 2020 yil 16 noyabrdagi 182-Q sonli qarorida belgilandi.

Bundan tashqari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablariga viloyatdagi 8 ta oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan amaliy-metodik yordam ko‘rsatiladi.

Shuningdek, maktab bitiruvchilarining diagnostika test natijalariga ko‘ra, o‘sish ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda ta’lim muassasasining oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikdagi ilg‘or tajribalari ommalashtiriladi.

Qarorga ko‘ra, tajribali fan metodistlarini rag‘batlantirish ham ko‘zda tutilmoqda.

Xurshida ERNAZAROVA.