Samarqandda 11,7 ming norasmiy ishlovchi fuqaro mehnati rasmiylashtirildi

Bu haqda viloyat davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, viloyat davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning aprel oyida tadbirkorlik sub’yektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 1992 korxonadagi 11 ming 706 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirilgan.

Jumladan, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 2216 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida 7154 nafar, qurilish korxonalarida 1186 nafar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida 1150 nafar fuqaroning faoliyati rasmiylashtirilgan va byudjetga 1,1 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirilgan.