Samarqandda 12 ta onlayn rejimida ishlovchi fotoradar bor. Bundan tashqari, 6 ta kamera intellektual rejimida ishlayapti
Bu vositalarning 5 tasi (1 radar, 4 ta kamera) Narpay tumanida joylashgan. Samarqand shahrida statsionar radar qayd qilinmagan. Lekin Dahbed va Spitamen shoh (“Obl.GAI” binosi joylashgan) ko‘chasida bittadan intellektual rejimida ishlovchi kameralar borligi ko‘rsatilgan.
Bu haqda respublika IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi saytida ma’lum qilingan.
Xabarda avtotransport vositalarini boshqarishda yo‘llarda belgilangan tezlikka rioya etilishini nazorat qiluvchi radar va kameralarning joylashtirilgan joyi va koordinatalari ko‘rsatilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, intellektual kameralarning 2 tasi Samarqand shahrida, qolgan 4 tasi Narpay tumanida joylashtirilgan.
Onlayn rejimida ishlovchi fotoradar Samarqand shahrida yo‘q, lekin Oqdaryo tumanida bunday vositadan 2 tasi ishlayotgan ekan.
Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni nazorat qilishda inson omilini cheklashgan qaratilgan vositalar - radar hamda kamera Nurobod, Qo‘shrabot, Urgut va Toyloq tumanlarida joylashtirilmagan.