Samarqandda 23 ta to‘y qoidalarga ko‘ra o‘tkazilibdi. Ammo…

Viloyat «Mahalla» xayriya jamoat fondi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 7-8 yanvar kuni Samarqandda o‘tkazilgan 23 ta to‘ylarning barchasi «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Nizom talablari asosida, namunali o‘tkazilibdi. Ammo…

- Yaqinda tanishlarimdan birining to‘yiga turmush o‘rtog‘im bilan bordik, - deydi ismini oshkor qilishni istamagan  ayol. – Borsak, to‘y egasi yonma-yon joylashgan restoranlarni tanlagan ekan. Xullas, bitta to‘yga borib, men boshqa restoranga, turmush o‘rtog‘im boshqa restoranda o‘tirib,  tanishimizning yaxshi kunida ishtirok etib qaytdik. Afsuski, to‘ydan qaytishda bunday ko‘zbo‘yamachilikdan ko‘nglim og‘rib keldi.

Bunisiga nima deysiz?