Samarqandda 32 ming 364 nafar xodim rasman ishga olingan

Joriy yilning I choragida Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan yordamchi xodimlarni qonuniy yollash bo‘yicha olib borilgan chora-tadbirlar natijasida jami 32 ming 364 nafar xodim faoliyati rasmiylashtirildi.

Jumladan, o‘tgan davrda 2173 nafar xodim umumiy ovqatlanish, 8019 nafar ishchi sanoat, 1809 nafar ishchi qurilish korxonalarida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 14219 nafar xodim faoliyati legallashtirilganini ta’kidlash lozim. Bundan tashqari, boshqa sohalardagi korxonalar 6144 nafar xodim faoliyatini belgilangan tartibda qonuniylashtirdi.

Viloyat davlat soliq xizmati organlari tomonidan yollanma xodimlar faoliyatini legallashtirishga qaratilgan ishlar izchillik bilan olib borilmoqda. Eng muhimi, ushbu jarayonda asosiy e’tibor xodimning ijtimoiy muhofazasiga qaratilgani bilan e’tiborlidir. Zero, bugun “konvert” usulida ish haqi olmayotgan xodimning pensiyasi kafolatlangandir.

Umid Alimov, Samarqand viloyati DSB Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi davlat soliq inspektori.