Samarqandda 67 nafar bemor virusning og‘ir va o‘rta og‘ir shakli bilan statsionar shaklda davolanmoqda
Bugungi kunda viloyatda jami 106 nafar fuqaroda koronavirus kasalligi aniqlangan bo‘lib, shundan 39 nafari kasallikning simptomsiz, yengil shakllari bilan uy sharoitida, 67 nafar bemorlar esa kasallikning og‘ir va o‘rta og‘ir shakli bilan statsionar sharoitda davolanmoqda.
Ta’kidlash joizki, viloyatimizda pandemiya holati kuzatilishi mumkin bo‘lgan taqdirda koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarni birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichlarda tashxislash va davolash uchun faoliyat boshlaydigan saralash-taqsimlash markazlari hamda kerakli bo‘lgan dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar tayyor holatga keltirilgan. Bundan tashqari, mazkur markazlarda faoliyat yuritadigan, 2 mingga yaqin tibbiyot xodimlari “Covid-19” infeksiyasini davolashning eng samarali usullari bo‘yicha maxsus kurslarda qayta tayyorlandi.
Ta’kidlash joizki, ko‘cha va jamoat joylarida tibbiy niqobda yurish koronavirus infeksiyasini yuqtirish va uni o‘zgalarga tarqatish ehtimolining oldini olishda eng samarali yo‘l hisoblanadi. Shu bois, sanitariya qoidalarga qat’iy amal qilib, o‘zimizni, oila a’zolarimiz va yaqinlarimizni kasallik yuqtirishdan saqlaylik.
Ushbu qoidalarga rioya etmaslik esa juda jiddiy oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkinligini unutmaylik.
Davronbek Jumaniyozov,
Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i.