Samarqandda 729 million dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va ichki investorlar jalb qilinadi
Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi davomida bergan topshiriqlariga asosan 2021-2022 yillarda sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish buyicha hududiy investitsiya loyihalari dirasida har bir shahar va tumanda 2 tadan yirik hamda 10 tadan o‘rta sanoat loyihalari shakllantiriladi.
Bunda umumiy qiymati 729 million dollarlik 27 ta yangi yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun salohiyatli xorijiy va ichki investorlar jalb qilinadi.
Shuningdek, Urgut tumanini zamonaviy ixtisoslashgan innovatsiyalar va investitsiyalar hududiga aylantiriladi. Bunda, Urgut tumanini to‘liq erkin iqtisodiy zonaga aylantirish hamda viloyatning har bir shahar va tumanida “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi filiallari tashkil etiladi.
Yangi hududlarda infratuzilmalarni qurish uchun Arab muvofiqlashtirish guruhi institutlaridan mablag‘lar jalb etiladi. Barcha tuman va shaharlarda yangidan tashkil qilinadigan “Urgut” EIZ hududlarining har biriga 50-100 million dollar investitsiyalarni jalb qilish hisobiga qo‘shimcha sanoat loyihalari amalga oshiriladi. Loyihalarni sifatli ishlab chiqish va ijrosini tizimli ta’minlash uchun Loyihalar fabrikasining “Urgut ofisi”ni tashkil qilish ko‘zda tutilgan.