Samarqandda 905 ta avtomashina onlayn auksion savdoga chiqarildi
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan qarzini vaqtida to‘lamagan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari qidirib topilib, onlayn auksion savdoga chiqarildi.
Yil boshidan buyon viloyatda 905 ta avtotransport vositasi umumiy qiymati 117,2 milliard so‘m bo‘lgan qarzdorlik uchun jarima maydonchalariga joylashtirildi. Shundan 723 tasi qidiruvda ekani aniqlandi.
Bundan tashqari 140 ta ko‘chmas mulk (qiymati 260,5 million so‘m) va 38 ta boshqa mulk (qiymati 3,9 milliard so‘m) onlayn auksion savdoga qo‘yildi.
Mazkur tadbirlar davom etmoqda. Maqsad qarzdorlarning javobgarlikdan qochishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularga tegishli mulk hisobidan qarzlarni undirish va qonun ustuvorligini mustahkamlashdan iborat.