Samarqandda “Agro marafon” motivatsion loyihasi bo‘lib o‘tdi

Marafonda 400 ga yaqin yosh fermerlar, dehqonlar va agrar sohaga qiziqqan yoshlar, qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutasaddilari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, viloyat Agroxizmatlar markazi hamda Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali professorlari tomonidan yoshlarga biznes rejalarni tayyorlash hamda qishloq xo‘jaligida o‘z faoliyatini boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida master-klasslar olib borildi.
Ishtirokchilar biznesni rivojlantirishda qo‘l keladigan dunyodagi ilg‘or tajriba va zamonaviy vositalar bilan tanishtirildi. E’tiborlisi, endilikda viloyat Agroxizmatlar markazi bilan hamkorlikda Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida tashkil etilayotgan innovatsion bilimlar markazida qishloq xo‘jaligiga qiziquvchi yosh kadrlar uchun o‘quv kurslari tashkil etib boriladi.
Agromarafon davomida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda bilim va ko‘nikmalarni yosh fermerlarda hosil qilishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etishga kelishib olindi.