Samarqandda avtotransport korxonalariga 100 va 200 so‘mlik kupyuralar tarqatildi
7 ta tijorat banklari tomonidan Samarqand shahridagi 19 ta jamoat transporti xizmati ko‘rsatuvchi korxonalarga bank xizmatlari ko‘rsatiladi. Mazkur banklar tomonidan yo‘lovchilarga qaytim mablag‘larini to‘liq berilishida muammolar bo‘lmasligi uchun transport korxonalari kunlik ravishda kichik (100 va 200 so‘mlik) kupyuradagi mablag‘lar bilan ta’minlab kelinmoqda. Jumladan, ushbu korxonalarga 24, 25, 26 aprel kunlari 57 000 000 so‘m (57 mingta) "100" so‘mlik, 22 600 000 so‘m (113 mingta) "200" so‘mlik kupyuradagi mablag‘lar berilgan.
Q.Sobirov,
Markaziy bank viloyat bosh
boshqarmasi boshlig‘i.