Sun’iy intellekt: Keyingi 5 yil ichida u birinchi bo‘lib qaysi kasb egalari o‘rnini bosadi

Ba’zi odamlar pul topishning boshqa yo‘lini izlab topishga majbur bo‘lishadi.

Sun’iy intellekt (SI) allaqachon hayotimizning bir qismi bo‘lib qolishga ulgurdi, chunki maishiy texnika, cho‘ntak gajetlari, kompyuterlar va ko‘plab jarayonlarni bajaradigan robotlar odamlar ko‘makchisiga aylanib qolgan. Texnologiya jadal rivojlanib ketishi asnosida mutaxassislar yaqin kelajakda SI qaysi kasblarni egallab olishi mumkinligi haqida fikr yuritmoqda.

Xo‘sh, keyingi 5 yil ichida SI kimning o‘rnini egallashi mumkin?

Pew Research” tadqiqot markazi so‘rovi natijalari amerikaliklarning 52 foizi sun’iy intellekt odamlarni chetga surib qo‘yishidan xavotirda ekanligini ko‘rsatdi.

Indeed(ish izlovchi-da’vogarlar sayti) o‘zining e’lonlar taxtasida quyida keltirilgan 11 ta ish o‘rinlar ro‘yxatini joylashtirdi:

Ishlab chiqarish – robotlar mahsulotlarni yig‘ish, tekshirish, sinovdan o‘tkazish va qadoqlash ishlarini bajarishi mumkin, bu esa ushbu jarayonlarni boshqaradigan odamlarga zarurat yo‘qligi haqida gapiradi.
Armiya SI razvedkachi bo‘la oladi; shuningdek, uni ma’lumotlar to‘plash, tahlil qilish, dushman xatti-harakatlarini prognozlash va tahdidlarga avtomatik ravishda javob qaytarishga o‘rgatish ham oson. 
Chakana savdo – ishlab chiquvchi mutaxassislar robot sotuvchi, qadoqlovchi, tovarshunos, farrosh va hatto savdo vakilini almashtira olishi mumkin, deb taxmin qilishadi.
Logistika va transport xizmatlari - sun’iy intellekt taksi haydovchilari, haydovchilar, kuryerlar va logistika mutaxassislarining xizmat vazifalarini a’lo darajada bajarishi mumkin.
Onlayn savdo - SI ilovalari hech qanday to‘siq va muammosiz mijozlar haqida ma’lumot olish, ularni tahlil qilish, ularga qo‘ng‘iroq qilish, SMS yuborish, konsultatsiya berish va tovar sotish imkoniyatiga ega.
Ma’lumotlar tahlili - katta hajmdagi ma’lumotlarni to‘playdigan va qayta ishlaydigan barcha kompaniyalar o‘z ehtiyojlari uchun SIdan foydalanishlari mumkin.
Moliyaviy tahlil - sun’iy intellekt hisobchi yoki moliyachi kabi moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, mablag‘lar oqimini tahlil qilish imkoniyatiga ega.
Investisiyalarrobotlar bozordagi tebranishlar va kompaniya faoliyat sohasini hisobga olgan holda tavakkalchiliklarni boshqarishi va turli xil aktivlarning bir-biriga ta’sir qilishi, ularning samaradorligi va xavfi, qarorlarning investor maqsadlariga bog‘liqligini tushunish jarayoni hisoblanadigan ish portfelini yaratishi mumkin. 
Ko‘chmas mulkko‘chmas mulkda suniy intellektdan foydalanish rieltorlarning o‘rnini bosadi, chunki robot uy-joyning uch o‘lchovli rasmini yaratishi, eng yaxshi takliflarni topishi, hujjatlarni tayyorlashi va “oldi-sotdi”sini amalga oshirishi mumkin. 
Soliq tizimi - sun’iy intellekt odam o‘rniga ma’lumotlarni kiritish, hisob-kitoblarni amalga oshirish va hisobotlarni tayyorlashga qodir. 
Turizm suniy intellekt ilovasi sayyohlar uchun turlar uyushtirishi, turar joy va chiptalarni topishi va hatto sayohat marshrutini tuzib berishi mumkin.
Tarjimalar - hatto hozir ham nutqni bir tildan boshqa tilga onlayn tarjima qilish imkoniyati bor. Sun’iy intellekt bor joyda tarjimonlar faoliyatiga zarurat bo‘lmaydi.

Ko‘rib turganimizdek, neyrotarmoq kasb egalari o‘rnini bosa olishi mumkin bo‘lgan ro‘yxat juda keng, biroq bir tafsilot tushunishga arziydi. Hozircha ishlab chiquvchi mutaxassislar bu sohalarning har birida odamlar umuman kerak bo‘lmaydi, deb da’vo qilishganicha yo‘q.

Aksincha, sun’iy intellekt xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish kerak bo‘lgan ba’zi muntazam va murakkab vazifalarni berish uchun kerak. Shunda inson-xodimlar o‘z e’tiborini boshqa muhimroq narsalarga qarata oladi- deb ta’kidlaydi mutaxassislar.