Samarqandda ayollar eng ko‘p qaysi sohada rahbar lavozimlarida ishlaydi?

Bugungi kunda viloyat kesimida rahbarlik lavozimlarida jami 8925 nafar rahbar ayollar faoliyat olib bormoqda. Bu haqda viloyat hokimi o‘rinbosari Zebiniso Rahmonova viloyat Kengashi sessiyasida ma’lum qildi.

Hokim o‘rinbosariga ko‘ra, viloyatda boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 30 foizga, partiyalarda 27 foizga, oliy ta’limda 16 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetgan.

Xususan, rahbar xotin-qizlarning 32 nafari oliy ta’limda, 19 nafari o‘rta-maxsus ta’limda, 1 005 nafari umumiy ta’limda, 724 nafari maktabgacha ta’limda, 167 nafari sog‘liqni saqlashda, 108 nafari ishlab chiqarishda, 232 nafari qishloq xo‘jaligida, qurilishda 8 nafari, huquqni muhofaza qilish organlarida 32 nafar, 116 nafari savdo sohasida, 21 nafari san’at va madaniyatda, 28 nafari hokimiyat tizimida, 5030 nafari xususiy sektorda, 1 296 nafari mahalla raisi va uning o‘rinbosarlari lavozimida ishlamoqda.

Shuningdek, bugungi kunda viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari ilmiy salohiyatida 324 nafar (37 foiz) professor o‘qituvchilar, 89 nafar (18.9 foiz)ni tashkil etmoqda.