Samarqandda "Biz giyohvandlikka qarshimiz!" aksiyasi o‘tkazildi (fotojamlanma)

Viloyat narkologiya dispanseri, «Vatanparvar» tashkiloti viloyat kengashi, viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlari ittifoqi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkillashtirgan aksiyada ko‘plab yoshlar ham qatnashishdi.

 

 

 

 

Nazira BEGMATOVA, viloyat narkologiya dispanseri shifokori:

Hozirgi kunda giyohvandlik global muammolardan biridir. Vabo kabi salbiy baholanayotgan "oq ajal" qanchadan-qancha insonlarning baxtiga, umriga zomin bo‘layotgani, giyohvand moddalarni iste’mol qilishga odatlanish oqibatida nogiron, jismoniy va aqliy nuqsoni bor bolalar dunyoga kelayotgani achinarlidir. 

Og‘uning quliga aylanganlarni davolashdan ko‘ra, giyohvandlikka chalinishning oldini olgan ming marta afzal. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatidan asrash zarur.

Shu maqsadda viloyat narkologiya dispanseri tomonidan "Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi"da bir qator targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi. Jumladan, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq xatti-harakatlarning huquqiy oqibatlari va giyohvandlikning zararlarini yorituvchi, sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etuvchi tarqatma materiallar tayyorlandi.

O‘quv muassasalari, korxona-tashkilotlarda madaniyat, sport, jamiyat va din arboblari ishtirokida sog‘lom hayotni targ‘ib etuvchi tadbirlar tashkil etildi.