Samarqandda dezinfeksiya ishlarini amalga oshiruvchi xususiy korxonada eng zamonaviy vositalar mavjud
Yigirma yildan buyon faoliyat olib borayotgan «Sanitar xizmat» xususiy ilmiy ishlab chiqarish korxonasining asosiy vazifasi o‘z nomidan ham ma’lum. Ular korxona va tashkilotlarda dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishi barobarida, korxonalarni turli kemiruvchi hasharotlardan tozalash ishlarini ham amalga oshirib kelmoqda.
- Ayni kunlarda mamlakatimizdagi vaziyat tufayli dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishni istovchi korxonalar soni keskin oshdi, - deydi korxona rahbari Sayyora Salimova. - Korxonamizda zamonaviy dezinfeksiya vositalari hamda jihozlari mavjud. Xususan, binolar ichkarisi uchun issiq tumanli, ko‘chalar uchun sovuq tumanli, uch metr uzoqlikkacha bo‘lgan masofani qamrab oluvchi jihozlarimiz bor. Ayni kunlarda har kuni 5-6 ta ob’yektda dezinfeksiya ishlarini amalga oshirmoqdamiz. Bir nechta mahalla va tashkilotlarga xayriya maqsadida dezinfeksiya ishlarini bepul amalga oshirdik.
Ta’kidlash o‘rinliki, mazkur korxona xizmatlariga ehtiyoj sezgan tashkilotlar uning manzilini internet sahifalaridan topishi mumkin.
G. MO‘MINOVA.