Samarqandda DXM va FHDYolarda yana bir qulaylik yaratildi

Davlat xizmatlari markazlari yoki FHDYo bo‘limlari orqali davlat xizmatlaridan foydalanganda fuqaro to‘lovlarni amalga oshirishda bank kassalarini qidirmaydi yoki ularda navbat kutmaydi.

Chunki markazlar va FHDYo organlarida o‘rnatilgan maxsus to‘lov vositasi yordamida barcha harakatlarni amalga oshirishlari mumkin.

Ushbu qurilmaning afzalligi nimada?

Aytish kerakki, u orqali davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar ham naqd pulda, ham plastik karta orqali to‘lov qilishadi. Komissiya xizmati faqatgina 1 foiz miqdorida. Shuningdek, qurilma yordamida to‘lovlar bilan bog‘liq boshqa xizmatlardan ham shu yerning o‘zida foydalanish imkoniyati mavjud. Qaytim bilan bog‘liq masalalar ham bu jarayonda alohida e’tiborga olingan.

Aytaylik, siz 10 ming so‘m to‘lov talab etiladigan davlat xizmatidan foydalandingiz va zarurat tufayli 20 ming so‘m kiritdingiz. Bunda ortiqcha pulingiz xohishingizga ko‘ra telefon raqamingizga yoki plastik kartangizga o‘tkaziladi.

Bugungacha viloyatdagi 1 ta FHDYo bo‘limi va 8 ta davlat xizmatlari markazida ana shunday maxsus to‘lov qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lib, yana 10 ta to‘lov qurilmalari bosqichma-bosqich o‘rnatilishi belgilangan.

Viloyat adliya boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.