Samarqandda eri tomonidan tazyiqqa uchrab kelgan ayolga himoya orderi berildi
- 20.06.2020 17:55
- 206
- Jinoyat va jazo
Samarqand tumani Nayman MFYda yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro B.B. turmush o‘rtog‘i, 1978 yilda tug‘ilgan A.A. tomonidan doimiy ravishda ruhiy tazyiq o‘tkazib kelinayotganligi sababli IIBga murojaat qildi.
Murojaat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan holat o‘rganilib, fuqaro A.A. bilan profilaktik ishlar olib borildi, deb xabar berdi Samarqand viloyati IIB.
Chora-tadbirlar natijasida tuman IIB xodimlari tomonidan fuqaro B.B.ga himoya orderi berildi va tegishli tartibda cheklovlar qo‘yilib, tazyiq o‘tkazgan hamda ushbu tazyiqdan jabr ko‘rgan fuqarolar bilan himoya orderi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Teglar:
Himoya orderi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa