Kattaqo‘rg‘onda qaynisi tazyiq o‘tkazib kelgan ayolga himoya orderi berildi

Kattaqo‘rg‘on tumani IIBga Kattaqo‘rg‘on tumani Tavaron mahallasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro K. murojaat qilib, hozirgi kunda turmush o‘rtog‘i Rossiya Federatsiyasida ekanligi, o‘zi 1989 yilda tug‘ilgan qayn ukasi B. bilan bir xonadonda yashab kelayotganligi, qayn ukasi har kuni spirtli ichimlik iste’mol qilib, uni haqoratlab, uydan chiqib ketishini aytib, ruhiy tazyiq o‘tkazib kelayotganligini ma’lum qilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Murojaatga asosan, tuman IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori katta leytenant D.Begnazarova tomonidan, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu oila vakillari bilan tushuntirish ishlari olib borilib, K.ga himoya orderi berildi. Har ikkala tomonga himoya orderi to‘g‘risida tushuncha berilib, ogohlantirildi.