Samarqandda fermer xo‘jaliklari yerlarida tuproq tarkibi o‘rganib chiqiladi

Bu haqda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va islohotlar samaradorligini o‘rganish natijalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha viloyat hokimi tasdiqlagan yo‘l xaritasida ma’lum qilingan.
Ta’kidlanishicha, tahlil qilinganda qator hududlarda tuproq tarkibida fosfor, kaliy va gumus miqdori me’yordan kam ekani aniqlangan.
Shu sababdan qisqa muddatda viloyat hududida tuproq tahlil laboratoriyalar soni oshiriladi va bosqichma-bosqich fermerlardagi tuproq tarkibidagi zaruriy elementlar miqdori aniqlanib kartogrammalar tuziladi.