Samarqandda gaz idorasi xodimi ishga tiklandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining joriy yil 7 iyundagi qarorida fuqaro B.S.ni “Hududgaz” Samarqand filiali “Kattaqo‘rg‘ongaz” gaz ta’minoti suyultirilgan gaz bo‘yicha xizmati chilangar-ta’minotchisi vazifasiga ishga tiklash belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan qarorda shuningdek, da’vogar foydasiga majburiy progul kunlari uchun 7 million so‘m, ma’naviy zarar uchun 4 million so‘m undirish ko‘rsatilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida fuqaro ishga tiklanib, 11 million so‘m mablag‘ uning plastik kartasiga o‘tkazib berildi.

Dilshod Abdug‘aniyev,
Byuroning Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi.