Samarqandda g‘o‘za defoliatsiyasi o‘tkazilmoqda
Samarqandlik fermerlar joriy 75 ming 356 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlab, hosil yetishtirdi.
Ayni paytda paxta dalalarida muhim agrotexnik tadbir – g‘o‘za defoliatsiyasi o‘tkazilmoqda.
– 66 ming 827 gektar paxta maydoni defoliatsiyaga tayyorlanib, 356 ta OVX agregatlaridan samarali foydalanilmoqda, – deydi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyat boshqarmasi bosh inspektori Shahriddin Butunov. – Texnika vositalarining dalada to‘xtovsiz ishlashi va belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishi boshqarma hamda tuman bo‘limlari inspektorlari tomonidan doimiy nazoratga olingan. Defoliatsiya tadbirlari deyarli yakuniga yetkazildi.
A.Xudoyorov.