Samarqandda «halol» standartlariga to‘liq javob beradigan mehmonxona qurilmoqda
- 14.05.2020 18:20
- 924
- Samarqand
Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Al Buxoriy majmuasi yaqinida «halol» standartlariga to‘liq javob beradigan 7 ta yirik 3 va 4 yulduzli mehmonxona komplekslari barpo etilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 216,25 milliard so‘mni tashkil etib, ularda 150 dan ortiq ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Viloyat hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Nurullayev mazkur mehmonxonaning qurilish jarayoni bilan tanishdi va mutasaddilarga tegishli topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan vazifalar berdi.
Hududdagi eng yirik mehmonxona loyihasi Indoneziyaning Sahid Group tashkiloti bilan SAG hamkorligida amalga oshirilmoqda. Bu komplekslar 91 xona, 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 4 yulduzli mehmonxona standartlariga to‘liq javob beradigan restoran, konferetsiya zallari ham tashkil etiladi.
Samarqand viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.