Samarqandda ikki kishi koronavirus yuqtirgan
Kecha koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich yil boshidan beri rekord darajaga yetdi.
🔺 2021 yil 24 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81816 (+138) nafarni tashkil etmoqda. Bu esa yil boshidan beri kuzatilgan rekord ko‘rsatkichdir.
🔴 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 3 nafari Jizzax viloyatida,
📌 2 nafari Namangan viloyatida,
📌 2 nafari Samarqand viloyatida,
📌 20 nafari Toshkent viloyatida,
📌 111 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
⚫️ Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 624 nafarga etdi.
♻️ Kecha kun davomida:
📌 Buxoro viloyatida 5 nafar,
📌 Xorazm viloyatida 3 nafar,
📌 Toshkent viloyatida 19 nafar,
📌 Toshkent shahrida 71 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80143 (+98) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
❗️ Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1049 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.