Samarqandda isitish mavsumi 16 oktyabrdan boshlandi
Samarqand viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali, “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati, viloyat “Issiqlik manbai”, “Suvoqova” davlat unitar korxonalari hamda shahar va tuman hokimliklariga 16 oktyabrdan boshlab kecha-yu kunduz ishlovchi shtablar tashkil etish, ijtimoiy soha ob’yektlari va aholi yashash uylariga, “Issiqlik manbai” tizimidagi isitish qozonxonalariga uzluksiz hamda bir me’yorda tabiiy gaz, elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.
Tabiiy gaz yetib bormaydigan aholi punktlariga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.
Shuningdek, ko‘mir mahsulotlarini ijtimoiy soha muassasalariga 2018 yilning 1 noyabrigacha, aholiga esa 1 dekabrga qadar to‘liq yetkazib berilishini ta’minlash belgilandi.