Samarqandda iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi
- 24.03.2026 16:28
- 61
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.B.” MChJ rahbari N.I. “Ziyolilar” MFY hududidagi savdo do‘konida umumiy bahosi 145,3 million so‘mlik 4 134 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlandi va mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
alkogol mahsulotlari
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
45 yoshdan keyingi hayot formulasi
- Bugun, 08:58
- Samarqand
Ibratli oila – bugunning qahramoni
- Kecha, 17:33
- Samarqand
Eng omadsiz odamlar
- Kecha, 16:10
- O'qing, qiziq!