Samarqandda joriy yilning 6 oyi davomida qishloq xo‘jaligi sohasida 197 ta loyiha ishga tushirildi
- 15.09.2020 07:25
- 56
- Iqtisodiyot
Joriy yilda viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasida 1 trillion 620,3 milliard so‘mlik 477 ta loyiha ishga tushirilishi va natijada qo‘shimcha 4 830 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.
Jumladan, sabzavotchilikda 2 ta, baliqchilikda 22 ta, asalarichilikda 1 ta, bog‘dorchilikda 96 ta, chorvachilikda 84 ta, uzumchilikda 115 ta, parrandachilikda 47 ta, issiqxona tashkil etish bo‘yicha 62 ta, muzlatkich omborxonasi tashkil etishda 19 ta, logistika markazi 1 ta, quyonchilikda 10 ta loyihalar amalga oshiriladi.
O‘tgan 6 oy davomida umumiy qiymati 679 milliard so‘mlik 197 ta loyiha ishga tushirildi va natijada 1 377 yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Samarqand viloyati iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.
Teglar:
qishloq xo‘jaligi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Xalqaro markazda “Sahihul Buxoriy” xatm qilindi
- Bugun, 18:45
- Samarqand
Mutolaa: Bardosh. Hikoya
- Bugun, 12:11
- Mutolaa