Qishloq xo‘jaligi tizimiga oid atamalarning o‘zbekona muqobillari ishlab chiqiladi

Qishloq xo‘jalik vazirligining sohaga oid yangi so‘z va atamalarning o‘zbekona muqobillarini hamda ularni bir xilda qo‘llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, ishchi guruhi a’zolari,  vazirlik vakillari, davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar va olimlar oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar bo‘limlari boshliqlari, O‘zbek tili va adabiyoti kafedralari mudirlari, ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlarining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etgan majlisda yuqoridagi masala muhokama etilgan.

Vazirlik huzuridagi Atamalar bo‘yicha Ishchi guruhining tizimdagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan sohaga oid yangi so‘z va atamalarning o‘zbekona muqobillarini hamda ularni bir xilda qo‘llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro uzviy va muvofiqlashgan tizimli faoliyatini ta’minlash masalalari muhokama etilib, bu borada zaruriy amaliy choralar belgilangan.