Samarqandda kitobxonlar uchun «Ochiq eshiklar haftaligi» o‘tmoqda
Viloyat axborot-kutubxona markazida 16-20 sentyabr kunlari “Ochiq eshiklar haftaligi” bo‘lib o‘tadi.
Haftalik davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitob taqdimoti va ko‘rgazmalari, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari, treninglar, kutubxonalarga ekskursiyalar tashkil etiladi. Shuningdek, kitobxonlarning bilim va salohiyatlarini oshirish uchun turli qiziqarli tanlov va viktorinalar bo‘lib o‘tadi.
- Keyingi paytda har o‘quv yili boshida “Ochiq eshiklar haftaligi”ni o‘tkazish an’anaga aylandi, - deydi viloyat axborot-kutubxona markazi rahbari o‘rinbosari Nargiza Saidmurodova. – Haftalikning asosiy maqsadi kitob va kitobxonlikni targ‘ib qilish, aholining, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy tushunchalarini boyitish, milliy va adabiy merosimizga hurmatni kuchaytirishdan iborat.