Samarqandda kuchli shamol va chang-to‘zon: FVB ogohlantirish bilan chiqdi

Ayni paytda Samarqandda kuzatilayotgan kuchli shamol munosabati bilan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolarga bu vaqtda xavfsizlikka rioya etish bo‘yicha tavsiyalar bilan chiqdi:

- yashash joylarda eshik derazalar, cherdak va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalaridagi hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkam qilib harakatsizlantirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, metro bekatlari, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa er osti himoya inshootlariga yashirinish;
- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
- elektr va gaz jihozlari tekshirilgandan so‘ng foydalanish talab etiladi.