Samarqandda kuchli ta’sir qiluvchi narkotik dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan 6 kishi qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda narkotik dori vositalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida, Samarqand viloyatida yashovchi 6 nafar shaxsdan 760 dona “regapen”, 98 dona “lirika” jami 858 dona kuchli ta’sir qiluvchi narkotik dori vositalari protsessual tarzda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.