Samarqandda Markaziy Osiyodagi yagona kinomobil o‘z kinonamoyishlarini olib bormoqda
Viloyatimiz shahar va tumanlarida "Avtokinoteatr"da yangi filmlarning bepul namoyishi tashkil qilinyapti.
Ushbu kinonamoyish 29 avgust kuni Bulung‘ur tumanidan boshlandi.
- 80 o‘ringa mo‘ljallangan kinomobil tuman davlat xizmatlari markazi binosi yoniga joylashtirildi, - deydi tuman hokimi o‘rinbosari Azizbek Bo‘riboyev. – Yangi o‘zbek filmlari kinomuxlslar uchun bir kunda to‘rtta seansda namoyish etildi. Bayram munosabati bilan kinonamoyishga ko‘proq ijtimoiy daftarlarda turuvchi aholini jalb qildik.
Ushbu kinomobil viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida bir oy mobaynida ikki kundan to‘rtta seansda kinonamoyishlar o‘tkazadi. Viloyatda mazkur xizmat Mustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan yo‘lga qo‘yilgan.