Samarqandda muddatidan oldin ovoz berganlar 800 nafardan oshdi

Bugungi kungacha saylov kuni yashash manzilida bo‘lmaydigan 802 nafar saylovchi o‘zi tanlagan nomzodlarni yoqlab, muddatidan oldin ovoz berdi.

Bu haqda bugun Xalqaro matbuot markazi viloyat hududiy bo‘limida o‘tkazilgan brifingda aytildi.

Viloyat saylov komissiyasi raisi S.Nuriyevning qayd etishicha, shahar va tumanlardagi 1052 ta saylov uchastkalarining 161 tasida muddatidan oldin ovoz berish uchun arizalar qabul qilingan. Jumladan, birgina Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi 69-Toyloq saylov okrugi hududidagi 5 ta uchastkada 223 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan.

Brifingda qayd etilishicha, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga asosan viloyatimizda 2 million 48 ming 100 nafar fuqaro ovoz berish huquqiga ega.

Muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.

Husan ELTOYEV.