Samarqandda nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning V Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi
Yarmarka Adliya vazirligi tomonidan 2018 yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.
O‘tkazilish vaqti: 23—24 sentabr kunlari, 09:00 dan 17:00 gacha.
Manzil: Samarqand shahri, Islom Karimov ko‘chasi, Mo‘ljal: Registon maydoni yonida.
Yarmarkada mamlakatimizning barcha viloyatlaridan kelgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj va turmushda qiynalayotgan nogironligi bo‘lgan bolalar tayyorlagan mahsulotlar sotuvga qo‘yiladi.
Unutmang, bu mahsulotlar nogironligi bor kishilar, og‘ir xastalikka chalingan bolalarning qo‘l bilan yaratgan dunyolari, rasmlari, buyumlari, umidlari va orzulari. Ularni sotib olib, bolalarga quvonch, yuraklariga ozgina taskin berish imkoningiz bor.