Samarqandda pirotexnika vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi ikki yigit aniqlandi

Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahridagi G‘afur G‘ulom nomli mahallada yashovchi Yo.M. boshqaruvida bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Bu jarayonda mashinaning yukxonasida 90 quti «Britanik», 56 dona boshqa turdagi pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olindi.
Shuningdek, Samarqand tumanining «Quyi Chordara» mahallasi hududida tungi xizmatni olib borayotgan profilaktika inspektorlari tomonidan «Neksiya» rusumli transport vositasi ko‘zdan kechirilganda, Urgut tumani «Torinjak» mahallasida yashovchi X.D. mashinasining yukxonasida 13 750 dona «Mikki maus» yozuvli pirotexnika vositalari hamda 9 dona salyut mushaklarini sotish maqsadida olib yurganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar (https://iiv.uz/oz/news/samarqandda-sotish-maqsadida-olib-ketilayotgan-pirotexnika-manziliga-yetmadi)iga ko‘ra, ikkala holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.