Samarqandda psixotrop moddalar sotuvi bilan shug‘ullangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqand tumani IIB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarini noqonuniy ravishda aylanmasini oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida IIB xodimlarida shubha uyg‘otgan fuqaro Jahon Sh., shaxsiy tintuv qilingan vaqtida uning yonidan tarkibida psixotrop modda bo‘lgan 6 dona kapsula olingan. U ushbu kapsulalarni Mashhur ismli shaxsdan olganligini aytgan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, Samarqand tumani “Obod” mahallasida yashovchi fuqaro 35 yoshli Mashhur K., tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga oq qog‘ozga o‘ralgan 17 dona tabletkani 360 ming so‘mga sotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlanib, xolislar ishtirokida uning kiyimlari tintuvdan o‘tkazilgan. Tintuv vaqtida Mashhur K.,ning egnida bo‘lgan kurtkasining o‘ng cho‘ntagidan “Naftizin” nomli yelim idish ichidan 23 dona tabletka, 1 dona kapsula aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olingan.
Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tadbir davomida Mashxur K.,dan olingan 17 dona tabletka va yelim idishida bo‘lgan 23 dona tabletka tarkibida «Tramadol» giyohvandlik moddalari mavjudligi, umumiy sof og‘irligi 6,05 grammga teng ekanligi, 6 dona kapsula tarkibida «Pregabalin» mavjudligi, uni narkotik va psixotrop moddalarni saqlash va sotish uchun maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar tomonidan sotilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Mashhur K., ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.