Samarqandda qancha mahalla fuqarolar yig‘ini o‘z binosiga ega emas?
- 29.11.2021 12:06
- 252
- Samarqand

Viloyat hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Asqar Umarovga ko‘ra, eng ko‘p mahalla fuqarolar yig‘ini Samarqand shahrida - 215 ta va Past Darg‘om tumanida - 107 ta.
Ammo bu hududdagi mahallalarning binolari va moddiy texnik bazasi yetarli darajada emas.
Bu boradagi eng yaxshi hudud - Kattaqo‘rg‘on shahri va Ishtixon tumani. Ulardagi mahalla fuqarolar yig‘inlari to‘liq o‘z binosiga ega va moddiy-texnik baza bilan yetarli darajada ta’minlangan.
- Umuman, bugungi kunda viloyatdagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 1082 tasi, ya’ni 97 foizi o‘z binosiga ega, - deydi A.Umarov. - Qolgan 35 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari joriy yilning yakuniga qadar bino bilan to‘liq ta’minlanishi rejalashtirilgan. Ammo shahar, tuman hokimliklari tomonidan yer ajratish qarori bekor qilinganligi sababli bu ish kechikyapti.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand