Samarqandda qaysi jinoyatlar eng ko‘p sodir etilyapti?

Viloyat IIBning ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili firibgarlik (1282 ta), yo‘l-transport hodisasi (1154 ta, shundan 278 tasi o‘lim bilan bog‘liq, (330 nafar fuqaro vafot etgan) va o‘g‘irlik (669 ta) bilan bog‘liq jinoyat sodir etilgan.

Qayd qilingan 669 ta o‘g‘irlik jinoyatining 79,8 foizi yoki 534 tasi tungi vaqtda amalga oshirilgan.

Bu holatlar fuqarolarning shaxsiy va o‘zgalar mulkiga nisbatan beparvoligi, savdo do‘konlari qo‘riqlash pultiga ulanmaganligi, joylarda tungi yoritish chiroqlari hamda kuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha tadbirkorlar, ishbilarmonlar, joylardagi jamoatchilik nazoratining sustligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.