Samarqandda qo‘l jangi bo‘yicha ilk bor xalqaro turnir o‘tkaziladi
Samarqand shahridagi “Mo‘’jiza” amfiteatrida 15 iyun kuni soat 19:00 da professional qo‘l jangi bo‘yicha R-1 yo‘nalishida ilk marotaba xalqaro turnir o‘tkaziladi. 14 iyun kuni soat 10:00 da viloyat musiqali drama teatri oldidagi sahnada ishtirokchilar psixologik yuzma-yuz uchrashadi va tarozidan o‘tadi.
Unda Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, AQSh va o‘zbekistonliklar asosiy va reyting janglarini olib boradi. Asosiy jangda g‘olib bo‘lgan ishtirokchiga 2 ming va ikkinchi o‘rinni egallaganga 1 ming AQSh dollari beriladi. Reyting janglari uchun esa, birinchi o‘rin g‘olibiga 1 ming ikkinchi o‘ringa 500 AQSh dollari ajratilgan.
Moskvada bo‘lib o‘tgan jangda rossiyalik (Dog‘iston) Magomed Ibragimov bilan mach revansh yo‘nalishida jang olib borgan o‘zbekistonlik Jahongir Jumayev g‘olib bo‘lgandi. Ular bu turnirda asosiy jangda duch kelishadi. Rossiyalik Vyacheslav Riyabov va amerikalik Kenniy Garner ham asosiy jangda ringga chiqadi.
12 nafar professional sportchilarning besh nafari o‘zbekistonlik bo‘lsa, shundan ikki nafari samarqandlik Firdavs Rahimov va Abdurahmon Fozilov ham raqiblari bilan reyting jangida kuch sinashadi.
Husan ELTOYEV.