Narpayda qo‘l jangiga qiziquvchilar ko‘p
- 27.01.2021 16:53
- 40
- Sport

Milliy gvardiyaning viloyat qo‘riqlash boshqarmasi 7-alohida otryadi tashabbusi bilan Narpay tumanida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.
Unda qo‘l jangi bilan shug‘ullanayotgan tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchta vazn toifasida o‘zaro bahs olib bordi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, 35 kilogramm vaznda Shahboz Bozorov, 50 kilogramm vaznda Shahruz Yoqubov, 60 kilogramm vaznda Sultonali Ismoilov g‘olib bo‘lishdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘a va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Коррупцияга қарши қандай курашилади?
- Kecha, 16:26
- Ta’lim
Perinatal markazning o‘zi bilan ish bitmaydi
- Kecha, 14:10
- Salomatlik
Falsafada maktab yaratgan olim
- Kecha, 13:57
- Mutolaa