Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik 17 nafar sportchi jahon chempionati va kubogida sovrindor bo‘ldi

Moskva shahrida qo‘l jangi bo‘yicha 20 dan ortiq davlatning o‘smir sportchilari o‘rtasida jahon chempionati va kattalar o‘rtasida jahon kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan 17 nafar samarqandlik sportchi 8 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Turnir yakunida o‘zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida jahon chempionatida birinchi, kubok bahslarida ikkinchi o‘rinni egalladi.